«kambag‘allikni qisqartirish» tegli maqolalar


Yil oxirigacha 200 mingga yaqin oilani kambag‘allikdan chiqarish mumkin — prezident
3 avgust 2023, 10:24

Yil oxirigacha 200 mingga yaqin oilani kambag‘allikdan chiqarish mumkin — prezident

Shavkat Mirziyoyev 2023-yil yakuniga qadar kambag‘allik darajasini 14 foizdan 12 foizga tushirib, 200 mingga yaqin oilani kambag‘allikdan chiqarish mumkinligini ta’kidladi. Davlat rahbari aholi bandligini ta’minlash va imtiyozli resurslarning yetib borishini osonlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni e’lon qildi.

O‘zbekiston hukumatining kambag‘allikni qisqartirishdagi 4 ta asosiy yo‘nalishi ma’lum qilindi
19 may 2023, 17:20

O‘zbekiston hukumatining kambag‘allikni qisqartirishdagi 4 ta asosiy yo‘nalishi ma’lum qilindi

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov hukumatning kambag‘allikka qarshi kurashishdagi asosiy yo‘nalishlarini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, qishloq xo‘jaligini isloh qilish, qishloqlarda tadbirkorlikni yaxshilash, infrastrukturani rivojlantirish hamda urbanizatsiyani qo‘llab-quvvatlash ustuvor yo‘nalishlar hisoblanadi.

“O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi muttasil ravishda kamaymoqda” — Jamshid Qo‘chqorov
18 may 2023, 23:16

“O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi muttasil ravishda kamaymoqda” — Jamshid Qo‘chqorov

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov mamlakatda kambag‘allik darajasi kamayib borayotgani, biroq aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bilangina uni qisqartirib bo‘lmasligini ta’kidladi. “Kambag‘allikni qisqartirish barcha vazirliklarning asosiy masalasiga aylansa, barqaror natijalarga erishamiz”, — dedi u.

Xitoy tajribasi asosida kambag‘allikdan chiqariladigan 14 ta tuman nomi ma’lum bo‘ldi
16 may 2023, 14:50

Xitoy tajribasi asosida kambag‘allikdan chiqariladigan 14 ta tuman nomi ma’lum bo‘ldi

Xitoy tajribasi asosida kambag‘allikdan chiqarish dasturi (yo‘l-transport va boshqa infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha) O‘zbekistonning 14 tumanida, jumladan, Toshkentning Chilonzor tumanida ham amalga oshiriladi. 2024-yildan boshlab ushbu dastur butun respublika bo‘ylab joriy etilishi mumkin.

2022-yilda 1 mln aholi kambag‘allikdan chiqarildi — prezident
15 may 2023, 16:19

2022-yilda 1 mln aholi kambag‘allikdan chiqarildi — prezident

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda o‘tgan yili 1 million nafar, 2023-yilning birinchi choragida 210 ming aholi kambag‘allikdan chiqarilganini ma’lum qildi.

Xitoy tajribasi asosida har bir viloyatda bittadan tumanda kambag‘allikdan chiqarish dasturi amalga oshiriladi
10 may 2023, 21:35

Xitoy tajribasi asosida har bir viloyatda bittadan tumanda kambag‘allikdan chiqarish dasturi amalga oshiriladi

Xitoy tajribasi asosida har bir viloyatda bittadan tumanni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha alohida dastur amalga oshiriladi. Korxonalar bilan malakali ishchilar tayyorlash bo‘yicha shartnomalar tuziladi. Prezident kredit va subsidiyalar ajratish tartibini o‘zgartirish bo‘yicha topshiriq berdi.

Oilaviy tadbirkorlarga kredit miqdori oshiriladi — prezident
25 yanvar 2023, 18:56

Oilaviy tadbirkorlarga kredit miqdori oshiriladi — prezident

Prezident topshirig‘i bilan 2023 yilda tadbirkorlikni kengaytirish uchun kredit miqdori 225 mln so‘mdan 300 mln so‘mgacha oshiriladi. Dehqon xo‘jaliklariga 50 mln so‘mgacha garovsiz kredit berish mumkin bo‘ladi. Qolaversa, kredit olib yaxshi natija ko‘rsatgan oilaviy tadbirkorlar yana kredit olishiga imkon beriladi.

O‘zbekiston qashshoqlikning keskin o‘sishi xavfiga to‘qnash kelishi mumkin — BMTTD
22 iyul 2022, 23:04

O‘zbekiston qashshoqlikning keskin o‘sishi xavfiga to‘qnash kelishi mumkin — BMTTD

O‘zbekiston asosiy resurslar narxi keskin oshgani sababli qashshoqlik darajasi o‘sishi xavfi yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kiradi, deya ma’lum qildi BMTTD.

«Gazeta.uz» fotograflari Jahon banki tanlovida sovrindor bo‘ldi
22 iyun 2022, 21:10

«Gazeta.uz» fotograflari Jahon banki tanlovida sovrindor bo‘ldi

Jahon banki O‘zbekistonda qashshoqlikka qarshi kurashish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalariga bag‘ishlangan yosh fotosuratchilar o‘rtasidagi qo‘shma tanlov natijalarini sarhisob qildi. «Gazeta.uz» fotograflari Madina A’zam va Yevgeniy Sorochin tanlovning asosiy va maxsus sovrinini qo‘lga kiritdi.

Jamshid Qo‘chqorov — kambag‘allik qanday qilib ikki baravar qisqartirilishi haqida
26 may 2022, 12:29

Jamshid Qo‘chqorov — kambag‘allik qanday qilib ikki baravar qisqartirilishi haqida

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov O‘zbekistonda 2026 yilgacha kambag‘allikni ikki baravar qisqartirish chora-tadbirlari haqida gapirdi. Energiya resurslari narxlarini erkinlashtirish va samarasiz subsidiyalarni kamaytirish bilan bir vaqtda davlat resurslarini yanada ko‘proq ijtimoiy loyihalarga yo‘naltirish, xususiy sektorni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, davlat korxonalarini xususiylashtirishni jadallashtirish va boshqalar ko‘zda tutilgan.

Kambag‘allik va korrupsiyani qisqartirish borasida Xitoy tajribasi o‘rganiladi
6 fevral 2022, 10:15

Kambag‘allik va korrupsiyani qisqartirish borasida Xitoy tajribasi o‘rganiladi

O‘zbekiston prezidenti va XXR raisining Pekindagi uchrashuvida kambag‘allikka va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida Xitoy tajribasini o‘rganish va joriy qilish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirishga kelishib olindi. Tomonlar besh yillik Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik dasturini ham imzoladi.

O‘zbekiston 2026 yil oxirigacha kambag‘allikni ikki baravarga qisqartirmoqchi — Jamshid Qo‘chqorov
28 yanvar 2022, 21:10

O‘zbekiston 2026 yil oxirigacha kambag‘allikni ikki baravarga qisqartirmoqchi — Jamshid Qo‘chqorov

Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish doirasida O‘zbekiston 2026 yil oxirigacha kambag‘allik darajasini ikki baravarga qisqartirishni rejalashtirmoqda. Unga ko‘ra, belgilangan maqsadga erishishning asosiy sharti sifatida makroiqtisodiy barqarorlik va turg‘un iqtisodiy o‘sishni yuqori sur’atlarda ta’minlash vazifasi belgilangan.

Samarqandda kambag‘allikni qisqartirish uchun deputatlarga 50 mln so‘mdan ajratiladi
20 fevral 2021, 12:58 1

Samarqandda kambag‘allikni qisqartirish uchun deputatlarga 50 mln so‘mdan ajratiladi

Samarqand viloyati kengashi deputatlariga aholi muammolarini hal qilish uchun 3 mlrd so‘m ajratiladi. Har bitta deputat 50 mln so‘mdan mablag‘ni kambag‘allikni qisqartirishga yo‘naltiradi. Shuningdek, viloyatda aholini kasb-hunarga o‘qitish uchun 10 milliard so‘m ajratiladi.

Kambag‘al va ishsiz aholini kasb-hunarga o‘rgatish tizimi joriy etiladi
11 avgust 2020, 22:16

Kambag‘al va ishsiz aholini kasb-hunarga o‘rgatish tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda kambag‘al va ishsizlarni kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitish tizimi joriy etiladi. Bu tizim viloyat, tuman (shahar) va mahallalar darajasidagi kasb-hunarga o‘qitish muassasalari hamda nodavlat kasb-hunarga o‘qitish muassasalarini o‘z ichiga oladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting